Rafinya: «Ko‘proq gol urishim mumkin edi»
«Barselona» hujumchisi Rafinya «Real»ga qarshi o‘yinda (4:3) dubl muallifiga aylandi. Uchrashuvdan so‘ng u ko‘proq gol urishi mumkin bo‘lganini aytdi.
«Men ko‘proq gol urishim mumkin edi. Qo‘ldan chiqarishga haqqim bo‘lmagan uchta imkoniyatni boy berdim. O‘zimga qo‘ygan talablarim juda yuqori. Men gollardan ko‘ra xatolar haqida ko‘proq o‘ylayman. Jamoaga yordam berganim uchun xursandman, ammo o‘zimni eng yaxshi o‘yinchi deb hisoblamayman», – dedi braziliyalik futbolchi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/