«Milan» Leauga narx belgiladi
«Milan» futbolchisi Rafael Leau Italiyadan Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda CaughtOffside xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik hujumchining xizmatlariga «Chelsi» qiziqish bildirmoqda. Klub vakillari dastlabki muzokaralarni o‘tkazib bo‘lishdi. Futbolchining shartnomasida tovon puli sifatida 175 million yevro to‘lanishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, «Milan» 75 yevroga rozi bo‘lishga tayyor. Leauga qiziqqan boshqa jamoalar qatorida odatda Londonning «Arsenal» va Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klublari tilga olinadi.
Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/