Leau: «Tanqidlarga maydondagi o‘yinim orqali javob beraman»

Portugaliyalik hujumchi Rafael Leau «PSJ» klubiga qarshi ajoyib o‘yin o‘tkazdi, u doimo xavf tug‘dirdi, lekin bugina emas – Leau himoyaga qaytishni ham unutmadi, bu o‘yinning ikkinchi yarmida, «Milan» himoyalanganida juda foydali bo‘ldi. Leau o‘yin voqealarini quyidagicha izohladi.

«Milan» boshqacha bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdik. Menda so‘zlar yo‘q, aql bovar qilmaydigan o‘yin. Bu g‘alaba bizga juda kerak edi. Tanqid meni ilhomlantiradi, men bunga maydondagi o‘yinlar bilan javob berishga harakat qilaman», – dedi Leau pianetamilan.it bilan suhbatda.

Chempionlar ligasining navbatdagi o‘yinida «Milan» «Borussiya» bilan o‘ynaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter