«Chelsi»ning 16 yoshli futbolchisi yevrokuboklarda klub rekordini o‘rnatdi

«Chelsi» yarim himoyachisi Redji Uolsh Konferensiyalar Ligasi 1/2 finalidan o‘rin olgan «Yurgorden»ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.

U jamoaning yevrokubok o‘yinini asosiy tarkibda boshlagan eng yosh futbolchisiga aylandi. Hozir u 16 yosh-u 200 kunlik.

Uolsh «Chelsi»ning asosiy jamoasidagi ikkinchi o‘yinini o‘tkazmoqda. Shvesiya klubiga qarshi birinchi o‘yin oxirida ham u zaxiradan maydonga tushdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter