Gyusto: «Evrokuboklarda tajriba orttiramiz»

«Chelsi»ning o‘ng qanot himoyachisi Malo Gyusto Konferensiyalar ligasida o‘ynash haqida gapirdi.

«Ko‘klar» Premyer-liganing so‘nggi mavsumida oltinchi o‘rinni egalladi va buning evaziga daraja jihatidan uchinchi muhim turnirga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Londonliklar turnirdagi sayohatlarini pley-off bosqichidan boshlaydi.

«Bu ko‘p narsadan yaxshiroq. Biz qadamma-qadam olg‘a borishimiz kerak. Bizda yosh jamoa bor va Konferensiyalar ligasi biz uchun foydali bo‘lishi mumkin – biz yevrokuboklarda tajriba orttiramiz.

Bizda yoqimli xotiralar qoldirish imkoniyati bo‘ladi. Bu mavsumda nimadir yutishimiz kerak – bu bizning maqsadimiz.

Gap Premyer-liga, kubok yoki Konferensiyalar ligasida g‘alaba qozonish haqida bormoqda. Kuboklarni qo‘lga kiritish muhim», – deya Gyustoning so‘zlarini keltiradi The Athletic.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter