20 yoshli marokashlik iqtidor uchun «Liverpul» va «Manchester Siti» o‘rtasida jiddiy kurash kechadi

«Monako» futbolchisi Eliss Ben-Segir Angliya Premyer-ligasi grandlarining transfer maqsadiga aylandi.

20 yoshli vinger uchun «Liverpul» va «Manchester Siti» klublari to‘qnash keladi, deb xabar beradi L’Equipe. «Monako» istiqbolli marokashlik futbolchini sotish orqali 30 mln yevro ishlab olmoqchi. Transfermarkt portali vingerni xuddi shu summaga baholamoqda.

Eliss Ben-Segir monegasklar safida joriy mavsum 43 ta o‘yinda 9 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Marokash terma jamoasi safida futbolchi 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter