Pedri 2015 yilgi Chempionlar ligasi finalini esladi
«Barselona» yarim himoyachisi Pedri 2015 yilgi Chempionlar ligasi finali haqida gapirdi. Unda kataloniyaliklar “Yuventus”ni 3:1 hisobida mag‘lub etishdi. O‘sha finalda Pedri 12 yoshda edi.
«O‘sha finalda, ayniqsa, Rakitichning golini eslayman. Bu menga muxlis sifatida juda yoqqan final bo‘ldi. Bu ajoyib final bo‘ldi, ayniqsa, Messi – Suares – Neymarning o‘yin uslubi tufayli. Ular ajoyib statistikaga ega bo‘lgan haqiqiy yulduzlar edi. Ularning futbol uslubini tomosha qilish juda qiziq edi», – dedi Pedri.
30 aprel, chorshanba kuni “Barselona” Chempionlar ligasining birinchi yarim finalini “Inter”ga qarshi o‘tkazadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/