Shahram G‘iyosov: «Chempion kim bo‘lsa, o‘sha bilan jang qilib, kamarni O‘zbekistonga olib kelaman»

Professional boksning yarimo‘rta vazn toifasida WBA kamari uchun o‘zbekistonlik majburiy da’vogar Shahram G‘iyosov yo‘nalish superchempioni bilan jangga munosabat bildirdi.

«Ennis juda kuchli bokschi. Juda aqlli va juda tezkor. Biz ham anoyilardan emasmiz. Men 20 yil shunchaki yurganim yo‘q. Kim raqib bo‘lishining menga farqi yo‘q. Chempionlik kamari kimda bo‘lsa, o‘sha bilan jang qilib, kamarni Xudo xohlasa O‘zbekistonga olib kelaman», dedi G‘iyosov.

Avvalroq, WBA tashkiloti superchempion Jeyron Ennis hamda majburiy da’vogar Shahram G‘iyosov o‘rtasidagi jangga rasman buyruq berib, tomonlarga muzokara o‘tkazishi uchun 30 kun muxlat bergandi.

Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter