Keyn joriy mavsum YECHLda 11 ta gol urdi

Xarri Keyn Chempionlar Ligasida «Bavariya» uchun gol urdi.

Hujumchi «Inter»ga qarshi 1/4 final javob o‘yinining 52-daqiqasida hisobni ochdi (2:2). Golli uzatmani Leon Goreska amalga oshirdi.

Keyn joriy turnirda 11 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma bergan. Umuman olganda, ingliz futbolchi «Bavariya» safida barcha musobaqalarda o‘tkazilgan 87 ta o‘yinda 79 ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter