Fonseka: «Boy va kambag‘al klublar o‘rtasidagi farqni qisqartirishimiz kerak»

“Lion” bosh murabbiyi Paulo Fonseka Fransiya chempionati haqida gapirdi.

Portugaliyalik murabbiy «PSJ» va boshqa jamoalar orasidagi farqni ko‘rsatdi.

«Biz «PSJ» va boshqa barcha jamoalar o‘rtasida katta farq borligini bilamiz, chunki sarmoyalar farq qiladi.

Lekin menga Liga 1 yoqadi. Bu mavsumda bizda 7 ta jamoa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqda.

Agar raqobatni xohlasak, boy va kambag‘al klublar o‘rtasidagi farqni qisqartirishimiz kerak», – dedi murabbiy. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter