Fonseka: «Manchester Yunayted» uchun bu YECHLga chiqishning yagona yo‘li»
«Lion» bosh murabbiyi Paulu Fonseka Yevropa Ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yin fransiyaliklarning raqibi uchun muhimligini ta’kidladi.
Mutaxassisning fikricha, «MYU» APLda mavsumni juda yomon o‘tkazayotgani uchun bu turnirda g‘alaba qozonish uchun bor kuchi bilan harakat qiladi.
«Ehtimol, ular uchun o‘yin muhimroqdir, chunki Yevropa Ligasi Chempionlar Ligasiga chiqishning yagona yo‘li hisoblanadi,» – deya Fonsekaning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Shu bilan birga, lionliklar ustozi uning jamoasida Fransiya chempionati orqali asosiy yevrokubok turniriga chiqish imkoniyati borligini ta’kidladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/