«Real»ning jarohatdagi futbolchisi «Arsenal»ga qarshi javob o‘yiniga tayyor bo‘lishi kutilmoqda

Madridning «Real» klubi markaziy yarim himoyachisi Dani Sebalyos Chempionlar ligasining Londonning «Arsenal» klubiga qarshi javob bahsida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Gilyermo Ray xabar bermoqda.

Avvalroq, 28 yoshli ispaniyalik yevrokubokning navbatdagi o‘yinigacha tiklanishga ulgurmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, xavbek yaqin chorshanba kuni safga qaytishi ehtimoli bor.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki o‘yinida «Real» safarda «Arsenal»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Javob bahsi 16 aprelga belgilangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter