Italiya terma jamoasi forvardi bilan APL jamoasi aloqa o‘rnatdi
«Nyukasl» yaqinlashib kelayotgan transferlar vaqtida «Fiorentina» hujumchisi Moyze Kinni sotib olmoqchi.
Calciomercato xabariga ko‘ra, «qarg‘alar» allaqachon 25 yoshli italiyalikning agentlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatgan. Uni yana «Arsenal«, «Milan«, «Napoli» va «Barselona» ham o‘z safida ko‘rmoqchi.
Kinning «binafsharanglilar» bilan 2029 yilgacha shartnomasi bor. U joriy mavsumda 36 ta o‘yinda 22 ta gol urib, 3 ta assist berdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/