«Yuventus» hujumchisi bilan xayrlashishi mumkin

Turinning «Yuventus» klubi shu oy hujumchilaridan biri bilan xayrlashishi mumkin.

TuttoSport xabariga ko‘ra, «keksa sinyora» hujumchi Moyze Kinni ijara asosida qo‘yib yuborishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» yozda Kin bilan xayrlashmoqchi edi, biroq manfaatdor klublarning hech biri qulay ijara shartlarini taklif qila olmadi.

“Keksa sinyora” hali ham Moyzeni doimiy ravishda sotib oladigan yangi jamoa topilishiga umid qilmoqda.

23 yoshli Kin joriy mavsum Italiya A Seriyasida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va birorta ham samarali harakat qila olmadi. Transfermarkt forvardni 18 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter