«Manchester Yunayted» muxlislari klub xo‘jayinlariga e’tirozlarini bildirishdi

«Manchester Yunayted» muxlislari «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda «qizil iblislar» xo‘jayinlariga norozilik bildirishdi.

APLning 31-turidan o‘rin olgan «Old Trafford»da kechgan derbi 0:0 hisobida yakunlandi.

Final hushtagi yangraganidan so‘ng, «Manchester Yunayted»ning ba’zi muxlislari Gleyzerlar oilasi va The 1958 muxlislar guruhi tomonidan uyushtirilgan chiptalar narxining oshishiga qarshi norozilik namoyishini o‘tkazishdi.

Namoyishchilar: «Biz Gleyzerlarning ketishini istaymiz» deb hayqirishdi. Muxlislar, shuningdek, “Bu bizning emas, sizning burchingiz” va “Muxlislik madaniyatini himoya qiling. Mening o‘rnim, sizning burchingiz. “Gleyzerlar, OUT” shiorlari yozilgan bannerlarni osib qo‘yishgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter