«Roma» muxlislari norozilik bildirishadi

«Roma» ultras «Inter»ga qarshi bo‘lajak o‘yinda klub rahbariyatini va’dalarini bajarmaganlikda ayblab, norozilik bildirishadi. Muxlislar Fridkinlar oilasining Daniele De Rossini ishdan bo‘shatish haqidagi qaroridan norozi.

Ultras vakillari «Curva Sud» tribunasi norozilik belgisi sifatida o‘yinning dastlabki 15 daqiqasi bo‘sh qolishini aytdi. Ular «barchasini o‘zgartirishni» talab qilmoqdalar va klubdagi umumiy tartibsizlik va «Roma» tarixi va uning muxlislari qadriyatlariga hurmat yo‘qligiga ishora qilmoqdalar.

Muxlislar «Roma»ni keyingi darajaga olib chiqish uchun «pul sarflashning o‘zi yetarli emasligini» ta’kidlab, jamoaning barcha muxlislarini norozilik kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirishdi. Ayni paytda, yangi bosh murabbiy Ivan Yurich A Seriyada ikkita g‘alaba va durang bilan mag‘lubiyatsiz davom etmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter