Foden APLda oxirgi 7 ta o‘yinda birorta golda qatnashmadi
Fil Foden APLda ketma-ket 7 o‘yinda gol ura olmayapti.
«Man Siti» yarim himoyachisi 31-turda «MYU»ga qarshi o‘yinni (0:0) asosiy tarkibda boshladi va gol ura olmadi. Ingliz 58-daqiqada zaxiraga olindi.
Foden APL doirasidagi 7 o‘yindan buyon gol yoki assist qayd etmayapti.
U oxirgi marta yanvar oyida «Chelsi» darvozasiga gol urgandi (3:1).
U chempionatning 24 o‘yinida jami 7 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/