Gasperini: «Mukammal o‘yin o‘tkazdik»

«Atalanta» bosh murabbiyi Jan-Pyero Gasperini «Yuventus»ga qarshi safar o‘yinidan so‘ng (4:0) o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu futbol. Ba’zan yutqazasiz, ba’zan esa yutasiz. «Yuventus» A Seriyada avvalgi beshta o‘yinda g‘alaba qozongan edi. Bugungi natijani ko‘pchilik tasavvur ham qila olmasdi, ammo biz mukammal o‘ynadik. Tanaffusgacha yanada ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Ikkinchi goldan keyin «Yuventus» ishonchni yo‘qotdi va biz bundan maksimal darajada foydalandik,» – dedi Gasperini DAZN’ga bergan intervyusida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter