Darvin Nunyesga Yevropaning top-klubidan taklif bor

«Liverpul» hujumchisi Darvin Nunyes kelasi yozda vaziyatni o‘zgartirmoqchi.

Urugvaylik futbolchining ketishi haqida anchadan beri gap-so‘zlar yuribdi va endi «El Nacional» xabariga ko‘ra, futbolchining o‘zi «qizillar» safini tark etishni niyat qilgan. Hujumchi kelasi yozda qo‘yib yuborilishiga umid qilmoqda. 25 yoshli futbolchiga Madridning «Atletiko» klubi qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq, Darvin Nunyes uchun asosiy da’vogar Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi bo‘lib, u qishda transferni amalga oshirishga tayyor edi, ammo «Liverpul»dan rad javobini oldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter