Enrike: «Yo‘qotadigan hech narsamiz yo‘q»
Fransiyaning “PSJ” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike “Liverpul”ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final birinchi uchrashuvi yakunlanganidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Uchrashuv 5 mart kuni Parij arenasida bo‘lib o‘tdi va mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Yagona gol mersisaydliklar yarim himoyachisi Xarvi Elliot tomonidan kiritildi.
«Keyingi bosqichga chiqa olamizmi? Shubhasiz, bunga ishonaman. Biz faqat birinchi o‘yinni o‘tkazdik.
Yo‘qotadigan hech narsamiz yo‘q. Agar bugungi o‘yinimizni takrorlay olsak, chorak finalga chiqishimiz mumkin», dedi ispaniyalik murabbiy jurnalistlarga.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/