Mayk Menyan diskvalifikasiya qilindi

«Milan» darvozaboni Mayk Menyan diskvalifikasiya qilindi. Taniqli jurnalist Janluka di Marsioning saytida yozilishicha, Menyan hakam sha’niga haqoratomuz gapirgani uchun bir o‘yinga diskvalifikasiya qilingan. Voqea «Milan«ning «Lasio«dan (1:2) uchralgan mag‘lubiyatidan so‘ng tribuna ostidagi xonada sodir bo‘lgan.

Shu tariqa, Menyan Italiya chempionatining «Lechche«ga qarshi safar o‘yinida «Milan»ga yordam bera olmaydi. Jamoalar 8 mart, shanba kuni o‘ynaydi, start hushtagi Toshkent vaqti bilan 22:00 da yangraydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter