Gvardiolaning shaxsan o‘zi bu kelishuvni istamoqda
«Manchester Siti» yozgi transferlar davrida chap qanot himoyasini kuchaytirishga umid qilmoqda.
«Shaharliklar» «Milan» futbolchisi Teo Ernandesga qiziqish bildirmoqda. EsDiario nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, jamoa yetakchisi Xosep Gvardiola fransiyalik futbolchini himoyaning chap qanoti uchun ideal variant deb hisoblamoqda. Ingliz grandi lateral uchun taxminan 35 million yevro taklif qilishga tayyor.
Ernandesning «rossonerilar» bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalarida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali 27 yoshli futbolchining narxini 50 mln yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/