«Roma» «Milan» futbolchisini to‘liq sotib olmoqchi
«Roma» «Milan» yarim himoyachisi Aleksis Salemakersni sotib olmoqchi, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.
Manbaga ko‘ra, «Roma» Aleksisni olib qolmoqchi, ammo «rossonerilar» yanvar oyida bu transferni rad etib, 20 mln yevro so‘ragan.
Qayd etilishicha, rimliklar 25 yoshli belgiyalik vinger bilan 2029 yilga qadar shartnoma imzolab, yiliga 2,4 mln yevro maosh olishni rejalashtirgan.
Salemakers mavsum oxirigacha Rim klubi sharafini himoya qiladi. Uning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda Aleksis 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/