«Milan» futbolchisini to‘liq sotib yubormoqchi

«Milan»dan ijara asosida «Bolonya»da harakat qilayotgan Aleksis Salemakersni bolonyaliklar to‘liq sotib olishi mumkin. Nikolo Skira xabariga ko‘ra, to‘liq transfer Tyago Motta jamoasiga taxminan 9 million yevroga tushadi.

Bu o‘tgan yilga nisbatan katta moliyaviy yo‘qotishlarga uchragan «Milan» uchun muhim moliyaviy yordam bo‘ladi.

Hozir «Bolonya» Italiya A seriyasi chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi, yakshanba kuni jamoa navbatdagi yigirma to‘rtinchi turda «Lechche» bilan o‘ynaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter