Konseysau o‘yindan keyingi matbuot anjumanida qatnashmadi
Serjiu Konseysau «Verona»ga qarshi o‘yindan keyin matbuot bilan muloqot qilmadi.
«Milan» A Seriyaning 25-turida 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Rossonerilar» bosh murabbiyi «Portu»ning sobiq prezidenti Jorje Pinto da Koshta vafot etganidan xabar topgach, o‘yindan keyin intervyu bermaslikka qaror qildi.
«Murabbiy kiyinish xonasida, u juda xafa. «Portu» prezidenti uning uchun otasidek edi.
Bugungi g‘alaba muhim. Biz ustunlik qildik, ular bu yerga himoyalanish uchun kelishdi. Agar o‘yin boshida gol urganimizda, o‘yin ochilib, hammasi o‘zgargan bo‘lardi,» – dedi «Milan» xo‘jayinlari maslahatchisi Zlatan Ibrahimovich Sky Sport efirida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/