Konseysau «Portu»ni tark etadi
Serxio Konseysau «Portu» bosh murabbiyligidan ketdi.
49 yoshli mutaxassis yaqinda «ajdarlar» bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi, biroq tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik baribir tugaydi.
Insayder Janluka di Marsioning xabar berishicha, Konseysau yangi mavsumda «Portu»da ishlamaydi.
U allaqachon klub rahbariyatini o‘z qarori haqida xabardor qilgan. Serxio Konseysau 2017 yildan beri “Portu”ni boshqarib kelmoqda.
Mish-mishlarga ko‘ra, «Milan» portugaliyalik murabbiyga qiziqish bildirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/