«Barselona» yarim himoyachisi klubda qolishga rozi
«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong klub bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi.
Bu haqda jurnalist Ferran Martines xabar berdi. Manbaning xabariga ko‘ra, de Yong kiyinish xonasida shartnomani uzaytirishga ochiqligini aytgan.
Kataloniya klubi bu imo-ishorani qadrlagan bo‘lsa-da, bu masalada hamon ehtiyotkor, deya ta’kidlaydi manba. Qayd etilishicha, endi birinchi qadamni kim qo‘yishi masalasi turibdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/