Ta «Barselona» uchun «Bayer» taklifini rad etdi
«Bayer» markaziy himoyachisi Jonatan Ta faoliyatini ispan grandida davom ettirishi kutilmoqda.
29 yoshli nemis yaxshi takliflar oldi, ulardan biri «Bavariya»dan edi, ammo u «Barselona»ni tanladi.
Tez orada «Barselona»da Kataloniya klubi rahbariyati bilan kelishuvni yakunlash uchun yig‘ilish o‘tkazilishi kutilmoqda.
«Ko‘k-anorranglilar» birorta himoyachisidan voz kechishi kerak – katta ehtimol bilan Andreas Kristensen.
Rejaga ko‘ra, shartnoma 5 yilga mo‘ljallangan, biroq klubdagi manbalarning aytishicha, hozircha kelishuvga erishilmagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/