2034-yilgi jahon chempionati alkogolsiz o‘tadi
Saudiya Arabistonining Buyuk Britaniyadagi elchisi Xolid bin Bandar al-Saud 2034-yilgi jahon chempionatida spirtli ichimliklar sotilmasligini ma’lum qildi.
Saudiyaliklar hech qanday istisno qilmoqchi emaslar.
“Alkogolsiz dam olishingiz mumkin. Bu 100% to‘g‘ri qaror. Har kimning o‘z madaniyati bor. Biz o‘z madaniyatimiz doirasidagi odamlarni qabul qilishdan xursandmiz. Ichmasdan ham yashash mumkin» – dedi al-Saud.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/