Manba: JCH-2034 Saudiyada o‘tadi, FIFA bundan milliard dollar ishlab oladi

2034 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan joy Saudiya Arabistonidir.

Daily Mail nashri rahbariyatga yaqin manbalariga tayanib, aslida FIFA allaqachon Yaqin Sharq davlati foydasiga tanlov qilganini yozmoqda.

“2034 yilgi jahon chempionatini Saudiya Arabistonida o‘tkazish nafaqat ehtimol, balki amalda hal qilingan masala.

Pul yana gapirdi, bu voqea FIFAga milliardlab daromad keltiradi”, – deydi vaziyatdan xabardor odamlar gazetaga.

Qayd etilishicha, bu holat turnir uchun kurashayotgan Avstraliya vakillarini ham asabiylashtirmoqda. Saudiya Arabistoni Osiyoda 47 ovozning ko‘pchiligini, Afrikada esa 54 ovozning barchasini qo‘lga kiritishi kutilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter