Velosportchilarimiz Osiyo chempionatini oltin medal bilan boshlashdi

Kecha Tailandning Pxitsanulok provinsiyasida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar, yoshlar va parasportchilar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlangandi.

Bugun paravelosportchilar o‘rtasida individual vaqt dasturi tashkil etilgan bo‘lsa, so‘ngra navbat yoshlar va kattalar o‘rtasidagi aralash estafetaga yetdi.

Quvonchlisi, Artur Strelsov, Muhriddin Saparov, Vitaliy Burlakov, Roksana Hikmatova, Samira Ismoilova, Yana Mishinovadan iborat yoshlar terma jamoamiz estafetadagi eng yaxshi natijani qayd etgan holda oltin medalga ega chiqdi. Ikkinchi o‘rinni qozog‘istonliklar egallagan bo‘lsa, bronza medallari mezbonlarga nasib etdi.

Bu terma jamoalarimizning musobaqadagi ilk medaliga aylandi.

Avvalroq, paravelosportchilarimiz ilk kun doirasida 7 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunlagani haqida xabar bergan edik.

Manba: velosport.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter