Velosportchilarimiz Parij-2024 Olimpiadasi oldidan qit’a chempionatida imkoniyatlarini sinab ko‘rishadi

Bugun Qozog‘istonning Almati shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oladi.

12 iyunga qadar davom etadigan musobaqada qit’amizning eng kuchli sportchilari g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Osiyo chempionatida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan ko‘plab qit’adoshlarimiz startga chiqishadi.

Tabiiyki, bu ularga bo‘lajak musobaqa oldidan tayyorgarliklarini ko‘zdan kechirib olish imkoniyatini taqdim etadi. Qit’a birinchiligida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi (kattalar) tarkibi bilan tanishing:

Erkaklar:
Murodjon Xolmurodov
Daniil Yevdokimov
Konstantin Elli
Samandar Jonniqulov
Sanjar Ergashev
Dmitriy Bocharov
Nikita Svetkov
Begzod Rahimboyev
Farruh Bobosherov

Ayollar:
Olga Zabelinskaya
Yanina Kuskova
Margarita Misyurina
Madina Qahhorova
Yekaterina Knebeleva
Anna Kuskova
Yevgeniya Golotina
Shahnoza Abdullayeva
Mohinabonu Elmurodova

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter