Amorim «MYU»ning irodali g‘alabasiga munosabat bildirdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning Angliya kubogi 1/16 finalidan o‘rin olgan «Lester»ga qarshi o‘yindagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

«Biz oxirigacha ishonishimiz kerak edi, ammo bu o‘yinning Fergi-taymga hech qanday aloqasi yo‘q. Menimcha, to‘p bilan ham, to‘psiz ham ancha yaxshiroq o‘ynashimiz kerak.

Avvaliga bizda kuch yo‘q edi, ayniqsa, birinchi bo‘limda. Ikkinchi bo‘limda biroz yaxshiroq, tezroq o‘ynay boshladik, to‘p uchun kurashlarni yutib oldik. Vaziyatni o‘zgartira oldik, shuning uchun bu yaxshi natija, ammo yaxshi o‘yin emas,» – deya Amorimning so‘zlarini keltiradi BBC.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter