«Espanyol» «Real» darvozasiga bor-yo‘g‘i ikki bor aniq zarba yo‘llagan edi…
«Real Madrid» La Liga 22-turi doirasida «Espanyol»ga yutqazib qo‘ydi – 0:1.
Manolo Gonsales shogirdlari La Liganing 22-turidan o‘rin olgan o‘yin davomida 5 marta raqib darvozasiga zarba berishdi. Ulardan ikkitasi Tibo Kurtua darvozasiga aniq bordi va ulardan biri gol bilan yakunlandi.
«Real» raqib darvozasiga 21 ta zarba berdi, ulardan 7 tasi aniq bo‘ldi. «Qirollik klubi» o‘yin davomida 76% to‘pga egalik qildi, bu madridliklar uchun kamida 2005/06 yilgi mavsumdan beri La Ligada eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/