«Real» bu mavsumda ilk bor raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi

«Real» 2023/24 yilgi mavsumda birinchi marta gol ura olmadi.

“Madrid” La Liganing 12-tur uchrashuvida statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha “Rayo Valyekano”ni sezilarli darajada ortda qoldirdi, biroq uchrashuv golsiz yakunlandi (0:0).

Karlo Anchelotti shogirdlari 22 ta zarba yo‘lladi, shundan 5 tasi Stole Dimitriyevski darvozasiga aniq yetib keldi. «Rayo» Kepa Arrisabalagaga 4 ta zarba berdi, biroq barchasi noaniq.

“Real” 63 foiz, raqiblar 37 foiz to‘pga egalik qildi. Kutilayotgan gollar (xG) – 0,16 ga nisbatan 2,05. Burchaklar – 11:1. “Rayo” 5 ta, “Real” esa 3 ta sariq kartochka oldi.

Madridliklar bu mavsumda 15 o‘yinda ilk bor gol ura olmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter