Trent jarohat olib maydonni tark etdi

Trent Aleksandr-Arnold «Bornmut»ga qarshi o‘yinda maydonni erta tark etdi.

APLning 24-turidan o‘rin olgan o‘yinning 68-daqiqasida «Liverpul» himoyachisi maydonga o‘tirdi va o‘ng oyog‘idan olgan jarohati tufayli o‘yinni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Ehtimol, uning mushaklari shikastlangan.

Trent o‘rniga Konor Bredli maydonga tushdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter