“Liverpul”ning Trent bo‘yicha pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

“Liverpul” himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold keyingi transfer oynasida jamoani tark etmaydi.

Jurnalist Ekrem Ko‘nurning fikricha, “Liverpul” rahbarlari o‘z futbolchisini qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.

Bundan tashqari, mersisaydliklar “Real” qiziqish bildirayotgan himoyachi bilan mehnat shartnomasini uzaytirish niyatida ekani xabar qilingan.

Joriy mavsumda 25 yoshli Aleksandr-Arnold barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda qatnashib, ikkita gol urdi va o‘nta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter