Dibalaning «Roma» bilan shartnomasidagi tovon puli ma’lum bo‘ldi
Hujumchi Paulo Dibalaning «Roma» bilan shartnomasi avtomatik ravishda 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirildi. Taniqli jurnalist va insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, klub 31 yoshli futbolchi bilan shartnoma uzaytirilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan.
Shu bilan birga, Romano joriy yilning 1 iyulidan 31 iyuliga qadar Dibalani 12 million yevroga sotib olish imkoniyatini faollashtirish mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/