«Lans» «Bavariya» darvozabonini transfer oynasi oxirigacha o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi
«Bavariya» darvozaboni Daniel Peres faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin. Mashhur jurnalist Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «Lans» qishki transfer oynasi yopilgunga qadar 24 yoshli Peres bilan shartnoma imzolamoqchi. Fransuz klubi allaqachon «Bavariya»ga rasmiy taklif bilan chiqqan. Ayni paytda Peres qolishni afzal ko‘rmoqda.
Daniel Peres ayni damda buyragi bilan bog‘liq muammolar tufayli «Bavariya» o‘yinlarida ishtirok etolmayapti. Darvozabon 4-6 hafta ichida safga qaytishi kutilmoqda.
Umuman olganda, Peres «Bavariya» asosiy tarkibida yettita o‘yin o‘tkazdi va u o‘z darvozasidan yettita gol o‘tkazib yubordi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/