Jota: «Jamoaga uch ochko keltirishim mumkin edi»
«Liverpul» hujumchisi Diogu Jota «Nottingem Forest»ga (1:1) qarshi o‘yindan so‘ng matbuotga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Men shunchaki muhim gol urganim yo‘q, men buni birinchi teginishim bilan amalga oshirdim, o‘ylaymanki, bu jamoaga turtki berdi. Yana bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘ldim, o‘ylaymanki, bizga uch ochko olib kelishim mumkin edi.
Angliya Premyer-ligasidagi yetakchilik? Oldinda hali ko‘p yo‘l bor, har bir o‘yin qiyin bo‘ladi, bugun biz faqat bir ochko olishga muvaffaq bo‘ldik, garchi biz uchtaga umid qilgan bo‘lsak ham», – deya portugaliyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi TNT Sports.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/