Jota: «Taktikani yaxshi tushunaman deb o‘ylayman»
«Liverpul» hujumchisi Diogo Jota futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng o‘zini murabbiy sifatida sinab ko‘rmoqchi ekanligini aytdi.
«Kelajakda murabbiy bo‘lishga qarshi emasman. Men tez-tez Football Manager o‘yinini o‘ynayman va bundan juda zavqlanaman.
Taktikani yaxshi tushunaman deb o‘ylayman. Ammo hozir murabbiylik faoliyatim haqida o‘ylamayman», – dedi portugaliyalik hujumchi.
Joriy mavsumda Diogu Angliya premyer-ligasida 11 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi. Forvard 2020 yildan beri mersisaydliklar safida o‘ynab kelmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/