«PSJ» sobiq futbolchisi: «Klub men uchun haddan tashqari ko‘p pul so‘radi»
Hozirda Saudiyaning «Al-Ittihod» klubi yarim himoyachisi Danilo Pereyra o‘tgan yozda «PSJ»dan top-klubga o‘tishi mumkinligini esladi.
«Men «Atletiko Madrid» va «Portu» bilan muzokaralar olib bordim. Ushbu transferlar moliyaviy sabablarga ko‘ra bloklandi. «PSJ» haddan tashqari ko‘p pul so‘radi», – dedi 33 yoshli futbolchi.
«Ittihod» portugaliyalik futbolchini «PSJ»dan 5 million yevroga sotib oldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/