Rodri: «Futbolchilar ish tashlashi kerak»
Rodri futbolchilarga ko‘proq dam berish kerakligi haqida gapirdi. Sentyabr oyida 28 yoshli ispaniyalik tizzasidan jarohat olgan edi.
«Men sog‘lom bo‘lganimdan ham ko‘proq mashq qilyapman. Har kuni to‘rt-besh soat vaqt sarflayman. Meni operasiya qilishdi va uchinchi kuniyoq tizzamda mashqlar qila boshladim.
Shubhasiz, agar o‘yinchilar o‘z xavotirlarini bildirishsa-yu, lekin ularga quloq solmasalar, unda yagona variant – bu ish tashlash. Daqiqalarning ko‘pligi, albatta, jarohatlar sonini oshiradi.
Ammo tasodif elementi ham bor, chunki jarohatlar o‘yinning bir qismidir», – dedi Manchester yarim himoyachisi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/