Messi faoliyatida uchinchi marta ketma-ket uchta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi

Lionel Messi o‘z jamoasi tarkibida ketma-ket uchinchi bor mag‘lubiyatga uchradi.

Bugun 37 yoshli hujumchi Argentina terma jamoasiga JCH-2026 saralash bosqichi doirasida paragvaylik raqiblar bilan kechgan o‘yinda (1:2) mag‘lubiyatga uchrab qolishdan qochib qutula olmadi. Avvalroq sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibi «Inter Mayami» safida «Atlanta»ga qarshi MLS pley-offining ikkita o‘yinida mag‘lubiyatga uchragan (1:2 va 2:3).

Bu Messining jamoalari ketma-ket uchta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan uchinchi holat. Ilgari bu 2014 va 2016 yillarda, yulduz futbolchi «Barselona»da o‘ynaganida sodir bo‘lgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter