Premyer-liga klubi «Barselona»dan De Yongni sotib olmoqchi
«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yongning kelajagi muhokama qilinmoqda. Niderlandiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.
«Barselona» kelasi yili de Yongning transferi imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor, garchi futbolchining o‘zi ketishni istamasa ham.
TodoFichajes portali o‘z sahifalarida xabar berishicha, «Manchester Yunayted» de Yong uchun taklif bilan chiqishi mumkin. Shu bilan birga, «qizil iblislar» 27 yoshli futbolchi uchun 40 million yevrodan ko‘p bo‘lmagan pul taklif qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/