«Barselona» De Yongni uzoq vaqtga yo‘qotgan bo‘lishi mumkin

«Barselona» Frenki de Yongning oyog‘ini tekshirdi.

Klub La Liga doirasidagi «Selta» bilan o‘yinda (3:2) jarohat olgan yarim himoyachiga o‘ng oyoq to‘pig‘ining tibiofibulyar sindesmoz (tibia va fibula suyaklarining tutashuvi) shikastlanishi tashxisi qo‘yilganini ma’lum qildi.

Kataloniyaliklar futbolchining tiklanish muddati haqida xabar bermayapti. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, davolanish 5 dan 7 haftagacha davom etadi.

Shunday qilib, de Yong 28 oktyabr kuni «Real»ga qarshi eng o‘yinga tayyor bo‘lishi mumkin.

Joriy mavsumda niderlandiyalik futbolchi La Ligada 6 ta uchrashuvda 1 ta gol urishga erishdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter