Flik Kundeni maqtadi
Kataloniyaning “Barselona” klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida Belgradda ajoyib o‘yin o‘tkazdi.
Germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik jamoasi Serbiyaning “Srvena Zvezda” jamoasini 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Fransiyalik himoyachi Jyul Kunde ushbu o‘yinda uchta golli uzatmani amalga oshirdi va nemis murabbiyi uning o‘yinidan juda mamnun.
«Kunde munosabati bilan butun jamoaga ajoyib o‘rnak bo‘ldi. Uning o‘yin uslubi ajoyibdir», – deya Flikning so‘zlarini keltiradi «Barselona» rasmiy sayti.
Kataloniya klubi oxirgi marta 2015 yilda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/