Touni Ronalduni ortda qoldirmoqchi

«Al-Ahli» hujumchisi Ayvan Touni «An-Nasr» futbolchisi Krishtianu Ronaldudan ko‘proq gol ura oladimi, degan savolga javob berdi.

«Ko‘proq umid qilaman. Lekin rostini aytsam, men o‘zim bilan raqobatlashaman. Men boshqalar nima qilayotganini kuzatmayman. Albatta, biz Ronaldu eng yaxshi futbolchi ekanligini bilamiz, lekin men o‘zimga e’tibor qarataman va qo‘limdan kelganicha harakat qilaman», — deb Touni so‘zlarini keltirmoqda Talk Sport.

Hujumchi allaqachon 10ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter