Kataloniyada «Bavariya» menejerini tunab ketishdi

Chorshanba kuni kechqurun Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi turida «Barselona» va «Bavariya» o‘zaro kuch sinashadi.

«ElCaso.cat» portali o‘z sahifalarida ma’lum qilishicha, o‘yin oldidan Myunxen klubi menejeriga Barselonada hujum qilingan. Erkakning soati, iPhone 15 va hamyonini o‘g‘irlashdi. O‘g‘ri g‘oyib bo‘lgan va hanuzgacha qo‘lga tushmagan. Mahalliy huquq-tartibot idoralari barcha holatlarni aniqlash maqsadida surishtiruv ishlarini boshladi.

«Barselona» va «Bavariya» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi uchinchi tur o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter