Ashraf PSV bilan durangdan so‘ng nimalar dedi?

Fransiyaning «PSJ» jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimiy UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichida Niderlandiyaning PSV jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng OAVga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

«Ushbu o‘yinda biz ustunlik qildik. Raqib darvozasi yonida ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ammo to‘p darvozaga kirishni istamadi. «PSJ» uch ochko olishga haqli edi. Ha, biz bu safar g‘alaba qozona olmadik, ammo yo‘lda davom etamiz», – dedi marokashlik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, uch o‘yindan so‘ng Luis Enrike shogirdlari to‘rt ochkoni qo‘lga kiritishdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter